O‘zbekistonda ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning reyestri joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Ular har yillik faoliyati natijalari bo‘yicha baholab boriladi. Ilmiy tanlovlarda va buyurtmalarni shakllantirishda ularning reyting baholash natijalari ko‘rsatkichlari e’tiborga olinadi.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, har yili dekabrning so‘nggi 10 kunligi va yanvarning ilk 10 kunligi oralig‘ida professsonal ta’lim muassasalari o‘quvchilari va OTM talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish taklif etilmoqda. Unda shuningdek, ta’tildan 10 kun avval avia va temiryo‘l chiptalari uchun 50 foizlik chegirma berish ham ko‘zda tutilgan.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Antikorrupsiya agentligiga manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq shartnoma, buyruq va boshqa hujjatlarni to‘xtatish to‘g‘risida taqdimnoma yoki uni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo kiritish vakolati beriladi. 2022 yil 1 yanvarga qadar «Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 14 may va 31 dekabr kunini qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi mumkin. Bundan tashqari, 15 may, 21 iyul, 22 iyul kunlari barcha xodimlarga dam olish kunlari sifatida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting